Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 144–149-betlar

KORXONALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA STRATEGIK MARKETING ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH

Raimov, Islom, Mamatqobilov, Sherali

DOI: 10.5281/zenodo.20326441 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada korxonalarning iqtisodiy samaradorligini     oshirishda strategik marketing elementlaridan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing strategiyalarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Shu sababli strategik marketingni to‘g‘ri tashkil etish va uni samarali boshqarish korxona moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Tadqiqot doirasida strategik marketingning asosiy funksiyalari — bozor muhitini chuqur tahlil qilish, iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish, bozor segmentatsiyasini amalga oshirish, maqsadli auditoriyani aniqlash hamda korxona mahsulotini to‘g‘ri pozitsiyalash masalalari tahlil qilingan.Maqolada ilmiy jurnallarda e’lon qilingan zamonaviy tadqiqotlar natijalari ham tahlil qilingan bo‘lib, ular strategik marketing vositalaridan foydalanish korxona foydaliligini oshirishi, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirishi va bozor ulushini kengaytirishini tasdiqlaydi..Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy islohotlar, “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslar maqola mazmunida nazariy asos sifatida keltirilgan. Tahlillar natijasida shunday xulosaga kelindiki, strategik marketing elementlaridan samarali foydalanish korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularning bozor sharoitiga moslashuvchanligini kuchaytirish hamda uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.           

Strategik marketing, iqtisodiy samaradorlik, korxona faoliyati, raqobatbardoshlik, barqaror rivojlanish, bozor tahlili, bozor segmentatsiyasi, maqsadli auditoriya, iste’molchi xulq-atvori, marketing strategiyasi, marketing kompleksi (4P), mahsulot siyosati, narx siyosati, taqsimot siyosati, rag‘batlantirish siyosati, raqamli marketing, elektron tijorat, innovatsion texnologiyalar, investitsiya, menejment, moliyaviy natijalar, foyda, bozor iqtisodiyoti, mahsulot pozitsiyalash, brend boshqaruvi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.