Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 153–157-betlar

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ergasheva, Orifaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20339551 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola Qo'qon davlat universiteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, raqamli texnologiyalarni o'quv jarayoniga integratsiyalash orqali chizmachilik fanini o'qitish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan. Zamonaviy ta'lim standartlari va talablaridan kelib chiqqan holda, an'anaviy o'qitish usullarining cheklovlarini bartaraf etish hamda talabalarning ushbu fan bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsad qilingan. Tadqiqotda raqamli vositalarning (3D modellashtirish dasturlari, virtual haqiqat, interaktiv doskalar, onlayn platformalar) o'quv jarayoniga tatbiqi, ularning samaradorligini oshirishdagi o'rni atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi talabalarning nazariy bilimlarni amaliy ko'nikmalarga aylantirish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini o'rganishga asoslangan.

raqamli texnologiyalar, chizmachilik, o‘qitish metodikasi, muhandislik grafikasi, talabalar, ta'lim, virtual haqiqat

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.