Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 158–160-betlar
BOLALARDA IKKINCHI SIGNAL TIZIMINING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI GIGIYENIK OMILLAR
Alimardonova, Mo’tabar, Nazarova, Yulduz, Suyunova, Durdona
DOI: 10.5281/zenodo.20339884 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalarning oliy asab faoliyati, xususan, ularning intellektual salohiyati, nutqi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini belgilovchi ikkinchi signal tizimining shakllanish qonuniyatlari hamda neyrofiziologik asoslari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot davomida zamonaviy axborotlashgan muhitda bolalik davridan boshlab ushbu tizimning toʻgʻri va sogʻlom rivojlanishiga bevosita ta’sir koʻrsatadigan gigiyenik omillar, tashqi muhit sharoitlari, ekran vaqti me’yorlari va ratsional kun tartibining ahamiyati ilmiy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada bosh miya poʻstlogʻining funksional imkoniyatlarini saqlash, asab hujayralarining muddatidan oldin charchashining oldini olish va organizmning jismoniy faolligi (mayda motorika) bilan nutq markazlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik koʻrsatib berilgan. Olingan natijalar asosida oʻsib kelayotgan yosh avlodning ruxiy va jismoniy rivojlanishini optimallashtirishga qaratilgan profilaktik gigiyenik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ikkinchi signal tizimi, oliy asab faoliyati, bolalar gigiyenasi, nutq rivojlanishi, kun tartibi, aqliy charchash, neyron bogʻlanishlar, raqamli charchash, mayda motorika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.