Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 112–118-betlar

ABDURAHMON JOMIY “FAVOIDUZ-ZIYOIYYA” ASARINING YOZILISH TARIXI VA TUZILISHI

Berdiyev, Sanjar

DOI: 10.5281/zenodo.20536046 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada buyuk alloma Abdurahmon Jomiyning arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Favoiduz-ziyoiyya” asarining yaratilish tarixi, tuzilishi va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarning manbai bo‘lgan Ibn Hojibning “Kofiya” asari, uning mazmuni va o‘sha davrdagi arab tili ta’limidagi o‘rni haqida ma’lumot beriladi. Jomiyning “Favoiduz-ziyoiyya” asari “Kofiya”ga yozilgan mukammal sharh sifatida tilshunoslik tarixida alohida o‘rin egallaydi. Muallif bu asarda nahv ilmining murakkab jihatlarini sodda, mantiqiy va o‘quvchiga tushunarli tarzda izohlab, nazariy va amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan. Maqolada Jomiyning o‘g‘li Ziyouddin Yusufning iltimosiga binoan yozilgan ushbu asarning didaktik ahamiyati, madrasalarda asosiy darslik sifatida qo‘llanilgani hamda keyingi asrlarda unga yozilgan sharh va hoshiyalarning ilmiy qiymati yoritilgan.

Abdurahmon Jomiy, “Favoiduz-ziyoiyya”, “Kofiya”, Ibn Hojib, arab tili grammatikasi, nahv, sarf, tilshunoslik tarixi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.