Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 121–125-betlar
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Absattarova, Naubahar
DOI: 10.5281/zenodo.20552310 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda umumta’lim maktablarida psixologik xizmatni tashkil etishning zamonaviy usullari, uning nazariy va amaliy asoslari, ta’lim tizimidagi o‘rni hamda o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – psixologik diagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya va psixologik ma’rifat – zamonaviy yondashuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va innovatsion usullarni qo‘llash, ota-onalar va pedagoglar bilan hamkorlik qilish hamda inklyuziv ta’lim sharoitida psixologik xizmatni tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida maktab psixologik xizmatini takomillashtirishning samarali mexanizmlari va istiqbolli yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Psixologik xizmat, maktab psixologi, psixologik diagnostika, psixologik konsultatsiya, korreksion ish, innovatsion texnologiyalar, inklyuziv ta’lim, psixologik rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.