Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 26–32-betlar

TALABALAR TOMONIDAN MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHDA LOYIHAVIY O‘QITISH (PROJECT-BASED LEARNING) METODIKASINING O‘RNI

Shuhratova, Mavluda

DOI: 10.5281/zenodo.20604009 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda loyihaviy o‘qitish (Project-Based Learning) metodikasining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Loyihaviy o‘qitishning nazariy asoslari, bosqichlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada loyihaviy yondashuvning talabalar tanqidiy fikrlashi, mustaqil izlanish ko‘nikmalari, jamoaviy ishlash va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ingliz tili darslarida loyihaviy o‘qitishni qo‘llashning samarali usullari va metodlari, uning ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashgan loyihalarning afzalliklari batafsil bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, loyihaviy o‘qitish metodikasi talabalarni faol bilim oluvchilarga aylantirib, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.

loyihaviy o‘qitish, mustaqil ish, ta’lim metodikasi, talabalar faolligi, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash, ingliz tili o‘qitish, kommunikativ kompetensiya, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, kasbiy kompetensiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.