Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 47–51-betlar
BOSHLANG'ICH TA’LIMDA FONETIKA ASOSIDA TIL KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUV VA AXLOQIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI
Zokirova, Soxiba, Buzrukova, Olimaxon
DOI: 10.5281/zenodo.20628248 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida fonetika materiallari asosida o‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirishda kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida fonetik kompetensiyani rivojlantirish jarayonida kreativ metodlar va didaktik topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning nutqiy faolligi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, fonetika mashqlari mazmuniga axloqiy qadriyatlarni singdirish orqali o‘quvchilarda nutq madaniyati, ijtimoiy xulq-atvor va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlar integratsiyasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til kompetentligini samarali rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilib, amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
boshlang‘ich ta’lim, til kompetentligi, fonetika, fonetik kompetensiya, kreativ yondashuv, axloqiy qadriyatlar, integratsiya, nutq madaniyati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.