Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 79–80-betlar
TARKIBIDA SALITSIL KISLOTA SAQLAGAN YUMSHOQ DORI SHAKLLARINING ASSORTIMENT TAHLILI
Pashakulova, S.A., Ramazonova, K.R.
DOI: 10.5281/zenodo.20700739 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Teri kasalliklarini davolashda keratolitik vositalar muhim o‘rin tutadi. Ular terining qalinlashgan muguz qatlamini yumshatib, uning ko‘chishini tezlashtiradi hamda boshqa dori moddalarning teriga kirib borishini yaxshilaydi. Keratolitik vositalar orasida salitsil kislotasi eng ko‘p qo‘llaniladigan faol moddalardan biri hisoblanadi. U terining qalinlashgan muguz qatlamini yumshatadi va ko‘chishini tezlashtiradi. Shu sababli u tangachasimon temiratki (psoriaz), husnbuzar (akne), so‘gallar, o‘tkir uchli kondilomalar, terining muguz qatlami qalinlashishi (giperkeratoz) hamda boshqa dermatologik kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Salitsil kislotasi ko‘pincha yumshoq dori shakllari, xususan maz, pasta, krem va gellar tarkibiga kiritiladi. Shu sababli farmatsevtika bozorida mavjud salitsil kislotasi saqlovchi yumshoq dori shakllari assortimentini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.
salitsil kislotasi, yumshoq dori shakllari, maz, assortiment tahlili, dermatologik preparatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.