Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 92–95-betlar
MUVAFFAQIYATGA INTILISH, AKADEMIK FAOLLIK VA KASBIY O'ZNI O'ZI BELGILASH O'RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG'LIQLIK
Jurayev, Vohidjon
DOI: 10.5281/zenodo.20718512 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi, akademik faollik ko'rsatkichlari va kasbiy o'zini o'zi belgilash jarayonlari o'rtasidagi psixologik bog'liqlik nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ichki motivatsiya, o'z-o'zini samarali boshqarish va maqsadga yo'naltirilgan xulq-atvor bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxsning kasbiy rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Maqolada Edward Deci va Richard Ryanning O'z-o'zini belgilash nazariyasi (Self-Determination Theory), shuningdek, David McClellandning muvaffaqiyatga ehtiyoj nazariyasi asosida tahlillar bayon etiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.