Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 107–110-betlar
MUSIQIY ANGEDONIYA: NEGA BA’ZI ODAMLAR MUSIQADAN LAZZAT OLOLMAYDI?
Fozilova, Farida
DOI: 10.5281/zenodo.20732930 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada musiqiy angedoniya fenomeni – insonning musiqadan zavq ololmaslik xususiyati neyropsixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ushbu holat miyaning umumiy faoliyatidagi buzilish bilan emas, balki eshitish qobig‘i va mukofot tizimi o‘rtasidagi funksional aloqalarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Barselona universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar musiqiy angedoniyaga ega insonlarda musiqani qabul qilish tizimi bilan zavq va rag‘batlanish uchun mas’ul bo‘lgan neyron tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir nisbatan zaif ekanligini aniqladi. Maqolada mazkur fenomenning fiziologik asoslari, tadqiqot natijalari, ehtimoliy sabablari va inson hissiyotlarini o‘rganishdagi ahamiyati yoritiladi.
musiqiy angedoniya, neyropsixologiya, mukofot tizimi, emotsional reaksiya, musiqa psixologiyasi, miya faoliyati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.