Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 157–159-betlar

O‘ZBEKISTONDA KICHIK TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISHDA MOLIYAVIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Safarova, Surayyoxon

DOI: 10.5281/zenodo.20771675 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi bandligini oshirish va hududlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kichik biznes subyektlari bozordagi talabga tez moslashishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi va mahalliy resurslardan samarali foydalanishi bilan iqtisodiyotda alohida o‘rin egallaydi. Shu sababli kichik tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.