Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 4–7-betlar

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ MA’MURCHILIGINI TRANSFORMATSIYA QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI

Nosirova, Azizaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20771720 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy munosabatlarning yangi bosqichini shakllantirib, davlat boshqaruvi, biznes faoliyati va aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida tezkorlik, shaffoflik hamda ochiqlik talablarini kuchaytirmoqda. Soliq ma’murchiligi esa davlat moliyasining eng muhim institutsional bo‘g‘inlaridan biri sifatida ushbu jarayonlardan bevosita ta’sirlanadi. An’anaviy soliq boshqaruvida hujjat aylanishi, qo‘lda tekshirish, ko‘p bosqichli murojaatlar va inson omiliga bog‘liq qarorlar ustun bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi bosqichda soliq organlari real vaqt rejimida ma’lumot olish, risklarni avtomatik aniqlash, soliq to‘lovchilarni masofadan qo‘llab-quvvatlash va xizmatlarni mobil qurilmalar orqali ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.