Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 26–28-betlar

TIJORAT BANKLARIDA MAHSULOT VA XIZMATLAR NARX SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI: “HAMKORBANK” ATB TAJRIBASI ASOSIDA

To‘xtayev, Murodjon

DOI: 10.5281/zenodo.20771943 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Tijorat banklarida mahsulot va xizmatlar narxini to‘g‘ri shakllantirish bankning moliyaviy barqarorligi, mijozlar ishonchi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Bank mahsulotlari bahosi faqat foiz stavkasi yoki komissiya miqdoridan iborat emas, balki u resurs qiymati, risk darajasi, xizmat ko‘rsatish xarajatlari, bozor raqobati, mijoz segmenti va raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli tijorat banklari narx siyosatini ishlab chiqishda faqat qisqa muddatli foydani emas, balki uzoq muddatli mijoz sodiqligi va barqaror daromad manbalarini ham hisobga olishi zarur.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.