Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 35–38-betlar

BYUDJET TASHKILOTLARIDA XAVFLARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ICHKI AUDITNING O‘RNI VA ISTIQBOLLARI

Sherg‘oziyev, Dilmurod

DOI: 10.5281/zenodo.20772083 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy resurslarning maqsadli, tejamkor va natijador sarflanishini ta’minlash davlat moliyasini boshqarish tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyatida xarajatlar smetasi, davlat xaridlari, ish haqi va stipendiya to‘lovlari, xizmat safarlari, asosiy vositalar hisobi, grant va subsidiya mablag‘lari, shartnomalar ijrosi hamda hisobotlarning ishonchliligi bilan bog‘liq ko‘plab xavflar mavjud. Ushbu xavflar o‘z vaqtida aniqlanmasa, byudjet intizomining buzilishi, mablag‘larning samarasiz sarflanishi, davlat dasturlarining bajarilmasligi va korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ichki audit xizmatlari byudjet tashkilotlarida nafaqat nazorat vositasi, balki boshqaruv qarorlarini sifatli qabul qilishga ko‘maklashuvchi maslahat beruvchi institut sifatida qaralishi zarur.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.