Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 67–69-betlar

SUG’URTA TASHKILOTLARINING INNOVATSION FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’NALISHLARI

Do’sanova, Charos

DOI: 10.5281/zenodo.20772304 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

O‘zbekiston iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida sug‘urta tizimi moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sug‘urta bozori nafaqat moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi, balki tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, investitsiya muhiti barqarorligini mustahkamlaydi va aholining ijtimoiy himoyasini kengaytiradi. Bugungi kunda sug‘urta kompaniyalari oldida turgan eng muhim vazifa – innovatsion faoliyatni rivojlantirish, xizmat sifatini oshirish va bozor talablariga tezkor moslashishdir. Innovatsiya sug‘urta sektorida yangi texnologiyalarni joriy etish, xizmatlarni raqamlashtirish, mijozlar bilan ishlash tizimini soddalashtirish va samaradorlikni oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.