Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 70–72-betlar

TIJORAT BANKLARIDA ISLOMIY BANK XIZMATLARINI JORIY ETISH VA TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI (“HAMKORBANK” ATB MISOLIDA)

Hamidova, Charosxon

DOI: 10.5281/zenodo.20772335 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

So‘nggi yillarda jahon moliya tizimida islomiy bank xizmatlariga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortib bormoqda. Global iqtisodiy jarayonlar, ayniqsa moliyaviy inqirozlardan keyin barqaror va adolatli moliyaviy tizimga ehtiyoj kuchaygani islomiy moliyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 2024-yil holatiga ko‘ra, global islomiy moliya aktivlari hajmi 3 trillion AQSh dollaridan oshgani ushbu tizimning xalqaro moliya bozorida muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. Islomiy bank tizimi foizsiz moliyalashtirish, real aktivlarga asoslangan operatsiyalar va risklarni taqsimlash tamoyillariga asoslanib, an’anaviy bank tizimidan tubdan farq qiladi hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.