Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 1-son (2026) · 34–36-betlar

MINTAQAVIY TURIZM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI VA INNOVATSION YONDASHUVLARNING METODOLOGIK JIHATLARI

Toshev, Nurbek

DOI: 10.5281/zenodo.18220745 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyot sharoitida turizm sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirishda raqamli va innovatsion yondashuvlarning metodologik jihatlari ilmiy-nazariy va empirik asosda tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli transformatsiya, innovatsion texnologiyalar va smart-turizm konsepsiyalarining hududiy turizm rivojiga ta’siri tizimli yondashuv asosida baholangan. Qashqadaryo viloyati misolida turizmda raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi, ularning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilinib, mintaqaviy turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy turizm siyosatini modernizatsiya qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

mintaqaviy turizm, raqamli transformatsiya, innovatsion yondashuvlar, iqtisodiy samaradorlik, smart-turizm, hududiy rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.