Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 113–116-betlar
MILLIY IQTISODIYOT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA MARKAZIY BANK PUL-KREDIT SIYOSATINING O‘RNI VA TA’SIR MEXANIZMLARI
Boltayev, Xudoyshukur
DOI: 10.70413/zdaf-v05-i13-p1-031 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati eng muhim makroiqtisodiy mexanizmlardan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, iste’mol, investitsiya, bandlik, eksport-import operatsiyalari va aholi daromadlari pul massasi, foiz stavkalari hamda inflyatsion kutilmalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Markaziy bank ana shu jarayonlarda pul taklifi va qisqa muddatli foiz stavkalari orqali iqtisodiyotdagi umumiy talabni tartibga soladi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘lib, narxlar barqaror bo‘lgan sharoitda tadbirkorlar uzoq muddatli reja tuzishi, aholi jamg‘arma qilishga ishonch hosil qilishi va bank tizimi kredit resurslarini samarali taqsimlashi mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.