Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 124–126-betlar

KARTALI TO‘LOV XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY YO‘LLARI (“AGROBANK” ATB MISOLIDA)

Yusupova, Xonzodaxon

DOI: 10.70413/zdaf-v05-i13-p1-034 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bugungi kunda bank tizimida raqamli xizmatlar ulushining ortib borishi kartali to‘lov tizimlarini rivojlantirishni strategik vazifaga aylantirmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining kundalik hisob-kitoblarida naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishi bank xizmatlari tezkorligini oshiradi, operatsion xarajatlarni kamaytiradi va moliyaviy shaffoflikni kuchaytiradi. Shu jihatdan “Agrobank” ATB misolida kartali to‘lov xizmatlari samaradorligini oshirish bankning raqamli transformatsiya jarayonida muhim amaliy ahamiyatga ega. Kartali to‘lov tizimlarining rivojlanishi nafaqat banklarning xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi, balki mamlakat iqtisodiyotida pul mablag‘lari aylanishining tezlashishi, yashirin iqtisodiyot ulushining qisqarishi va moliyaviy inklyuziyaning kengayishiga ham xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.