Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 141–143-betlar
O‘ZBEKISTONDA JISMONIY SHAXSLARNING MULKIY DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Muradullayeva, Dilshoda
DOI: 10.5281/zenodo.20828953 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar muhim o‘rin tutadi. Xususan, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortish tizimi davlatning fiskal siyosatini amalga oshirish, budjet daromadlarini barqaror ta’minlash hamda ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq tizimini modernizatsiya qilish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar jismoniy shaxslarning daromadlarini hisobga olish, deklaratsiyalash va soliqqa tortish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.