Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 14-son (2026) · 4–7-betlar
CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA QAYTA ISHLASH LOYIHALARINI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MOLIYALASHTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Allamurodov, Sardor
DOI: 10.5281/zenodo.20829059 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda chiqindilarni boshqarish tizimi nafaqat kommunal xizmatlar sohasi, balki iqtisodiy xavfsizlik, ekologik barqarorlik va aholining turmush sifati bilan bevosita bog‘liq muhim yo‘nalish hisoblanadi. Aholi sonining o‘sishi, shaharlarning kengayishi, sanoat ishlab chiqarishi va iste’mol madaniyatining o‘zgarishi natijasida maishiy, sanoat, plastik, organik hamda elektron chiqindilar hajmi ortib bormoqda. Bunday sharoitda chiqindilarni faqat yig‘ish va poligonlarga joylashtirish usuli uzoq muddatli yechim bo‘la olmaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.