Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 14-son (2026) · 26–28-betlar
SOLIQ QARZDORLIGINI UNDIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
Boboxonov, Shohruh
DOI: 10.5281/zenodo.20921166 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda davlat byudjeti daromadlarini barqaror shakllantirishda soliq tizimining samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hamda davlatning fiskal siyosatini samarali amalga oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soliq qarzdorligini undirish tizimini takomillashtirish bugungi iqtisodiy islohotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Soliq tizimining samaradorligi nafaqat byudjet daromadlari hajmiga, balki mamlakat investitsion jozibadorligi va tadbirkorlik muhitining rivojlanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli soliq ma’murchiligini takomillashtirish va qarzdorlikni qisqartirish iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.