Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 14-son (2026) · 39–42-betlar
TARIXIY OBIDALARNI REKONSTRUKSIYA QILISH LOYIHALARINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Qodirov, Mirhojibek
DOI: 10.5281/zenodo.20957405 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi globallashuv sharoitida tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilish masalasi faqat arxitektura yoki qurilish sohasi bilan cheklanmaydi. U madaniy siyosat, hududiy iqtisodiyot, turizm infratuzilmasi, ekologik barqarorlik, shaharsozlik va ijtimoiy boshqaruv bilan uzviy bog‘liq kompleks loyiha sifatida qaraladi. Tarixiy obida har qanday mamlakat uchun milliy xotira va madaniy identitetning moddiy ifodasidir. Shu bois uni rekonstruksiya qilishda oddiy ta’mirlash yondashuvi yetarli bo‘lmaydi; loyiha tarixiy qatlamlarni ilmiy o‘rganish, konstruktiv holatni baholash, avtentiklikni saqlash, mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olish va obyektni kelajak avlodlarga yetkazish vazifalarini birlashtirishi zarur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.