Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 14-son (2026) · 53–61-betlar
BAXSHI JO‘RA ESHMIRZA VARIANTIDAGI “MALLA SAVDOGAR” DOSTONIDA QIRQ CHILTON OBRAZI VA UNING RAMZIY MA’NOSI
Achilova, Zuxra
DOI: 10.5281/zenodo.20963477 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada Go‘ro‘g‘li turkumiga mansub “Malla savdogar” dostonidagi qirq chilton timsolining badiiy-funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda qirq chiltonlarning Avazxon homiysi, g‘oyibiy madadkor va ilohiy himoya kuchi sifatida talqin etilishi xalqning mifologik, diniy hamda tasavvufiy qarashlari bilan bog‘liq holda yoritiladi. Shuningdek, “qirq” raqamining turkiy xalqlar folklori, xalq e’tiqodlari, urf-odatlari va tasavvuf adabiyotidagi ramziy ma’nolari qiyosiy manbalar asosida o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida qirq chilton timsolining epik qahramonni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi, uning ilohiy tanlanganligini ifodalovchi hamda xalqning qadimiy mifologik tasavvurlarini aks ettiruvchi muhim poetik unsur ekanligi asoslanadi.
qirq chilton, qirq raqami, mifologik tasavvur, folklor, Go‘ro‘g‘li turkumi, “Malla savdogar” dostoni, Avazxon, g‘oyibiy homiy kuchlar, tasavvuf, ramziy ma’no, epik qahramon, xalq e’tiqodlari, poetik funksiya, Hizr obrazi, turkiy xalqlar og‘zaki ijodi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.