Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 6–8-betlar

TELEFON EKRANIDAN CHIQADIGAN KO‘K NUR (BLUE LIGHT)NING INSON SIRKADIY RITMI VA MELATONIN GORMONIGA FIZIOLOGIK TA’SIRI

Eshonqulova, Muxlisa, Turdiyeva, Mafura, Ergashova, Dildora

DOI: 10.5281/zenodo.21216034 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy jamiyatda inson hayoti texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda va raqamli qurilmalar kundalik faoliyatning ajralmas qismiga aylangan. Bu esa inson organizmining tabiiy biologik jarayonlariga, xususan, uyqu va uyg‘oqlikni boshqaruvchi tizimlarga turli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar elektron qurilmalardan chiqadigan yorug‘lik spektri, ayniqsa ko‘k nur (blue light), inson fiziologiyasiga sezilarli ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda.Ushbu tezisda telefon va boshqa elektron qurilmalardan chiqadigan ko‘k nur (blue light)ning inson organizmida sirkadiy ritm va melatonin gormoni sekretsiyasiga fiziologik ta’siri batafsil yoritiladi. Ko‘k nur ko‘z to‘r pardasidagi maxsus hujayralar orqali qabul qilinib, bosh miyada joylashgan biologik soat mexanizmlariga signal yuborishi va natijada uyqu-uyg‘oqlik siklining o‘zgarishiga olib kelishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu jarayon natijasida melatonin gormoni ajralishining kamayishi, uyqu sifatining buzilishi hamda organizmning umumiy biologik ritmida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi.

Ko‘k nur, blue light, sirkadiy ritm, melatonin, epifiz bezi, supraxiazmatik yadro, uyqu, biologik soat, retinal ganglion hujayralar, gormonal tizim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.