Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 25–29-betlar
TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Kulboyeva, Nargiz
DOI: 10.5281/zenodo.21332865 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda tijorat banklarida raqamli transformatsiya jarayonlarini boshqarishning nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Hozirgi sharoitda bank sektorida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, mijozlarning masofaviy xizmatlarga bo‘lgan talabining ortishi, fintech kompaniyalari bilan raqobatning kuchayishi hamda operatsion xarajatlarni qisqartirish zarurati tijorat banklari faoliyatini transformatsiyalashni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Raqamli transformatsiya banklarda faqat mobil ilova, internet-banking, elektron to‘lovlar yoki yangi dasturiy mahsulotlarni joriy qilish bilan cheklanmaydi. U bankning boshqaruv tuzilmasi, biznes jarayonlari, mijozlar bilan munosabatlar tizimi, risklarni boshqarish, ichki nazorat, ma’lumotlar almashinuvi, xodimlar malakasi hamda korporativ madaniyatini kompleks ravishda yangilashni nazarda tutadi.
tijorat banki, raqamli transformatsiya, bank boshqaruvi, raqamli xizmatlar, fintech, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, kiberxavfsizlik, mijozlar tajribasi, raqamli yetuklik indeksi, risk-menejment.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.