Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 30–32-betlar

OLIY TA’LIMDA TARMOQ MUTAXASSISLARI TAYYORLASHDA INTEGRATSIYANING O‘RNI

Irmuxamedova, Navruza

DOI: 10.5281/zenodo.21337122 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash jarayonida tarmoqlararo integratsiyani ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va raqamli infratuzilmaning rivojlanishi ta’lim tizimining mazmuni va shakliga ta’siri tahlil qilingan. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish orqali raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi kadrlar tayyorlash masalalari ochib berilgan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida tarmoqlararo integratsiyani joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar keltirilgan.

oliy ta’lim, raqamli transformatsiya, tarmoqlararo integratsiya, innovatsiya, sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma, iqtisodiyot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.