Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 100–103-betlar
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUQOBIL MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Abdualimova, Ziyodaxon
DOI: 10.5281/zenodo.21698175 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muqobil moliyalashtirish manbalarini rivojlantirish, budjetdan tashqari daromadlarni ko‘paytirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish masalalari o‘rganilgan. Universitetlarning to‘lov-kontrakt tushumlariga yuqori darajada bog‘liqligi moliyaviy xavflarni kuchaytirishi asoslanib, ilmiy loyihalar, grantlar, konsalting xizmatlari, startaplar, maqsadli kapital fondlari, davlat-xususiy sheriklik hamda universitet aktivlaridan daromad olish imkoniyatlari tahlil qilingan. Moliyaviy boshqaruvni natijadorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash va daromadlar portfelini diversifikatsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
oliy ta’lim, muqobil moliyalashtirish, budjetdan tashqari mablag‘lar, moliyaviy barqarorlik, daromadlarni diversifikatsiya qilish, grantlar, tijoratlashtirish, davlat-xususiy sheriklik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.