Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 104–106-betlar

AYOL BOKSCHILARNING MANYOVR HARAKATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI (MUSOBAQA OLDI BOSQICHI MISOLIDA)

Mirzayeva, Yodgoroy

DOI: 10.5281/zenodo.21733609 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida ayol bokschilarning manyovr harakatlari (distansiyani boshqarish, aylanma va siljima harakatlar, ring bo‘ylab moslashuvchan harakatlanish) samaradorligini oshirish metodikasi tadqiq etilgan. Ayollar boksida manyovr harakatlarining o‘ziga xos jihatlari tana tuzilishi, reaksiya tezligi va taktik fikrlash xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasi taklif etiladi. Tadqiqot natijalari musobaqa oldi bosqichida maqsadli manyovr mashqlarini qo'llash texnik-taktik tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.

Ayollar boksi, manyovr harakatlari, texnik-taktik tayyorgarlik, musobaqa oldi bosqichi, distansiyani boshqarish, tayyorgarlik metodikasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.