Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 119–120-betlar
MAHALLALARNING IQTISODIY SALOHIYATI VA BIZNES IXTISOSLASHUVINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI
Yodgorov, Farrux
DOI: 10.5281/zenodo.21785636 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan toʻqqiz mingdan ortiq mahalla nafaqat ijtimoiy, balki ulkan iqtisodiy salohiyatga ega hududiy birlik hisoblanadi. Mahallaning iqtisodiy salohiyati deganda, uning hududida mavjud mehnat resurslari, tomorqa yer maydonlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari, aholining kasbiy koʻnikmalari, hunarmandchilik anʼanalari hamda tadbirkorlik faolligi majmui tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasida faol mahalla tamoyili asosida har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan [1]. 2022-yildan joriy etilgan “mahallabay” ishlash tizimi va hokim yordamchilari instituti mahallalarning iqtisodiy salohiyatini aniqlash hamda undan samarali foydalanishning tashkiliy asosini yaratdi. Har bir mahallaning “iqtisodiy pasporti” shakllantirilib, unda aholi soni va bandligi, tomorqa maydonlari, mavjud tadbirkorlik subyektlari va rivojlantirish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar aks ettirilmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.