Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 4–6-betlar
BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA TAQDIM ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Olimjonova, Moxira
DOI: 10.5281/zenodo.21872436 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari davlat mablag‘laridan foydalanish holatini aks ettiruvchi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, budjet intizomini nazorat qilish va jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim axborot manbaidir. Shuning uchun hisobotlarni tuzish va taqdim etish jarayonining aniqligi, tezkorligi hamda taqqoslanuvchanligi davlat moliyasini boshqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi sharoitda budjet tashkilotlari faoliyatida raqamli texnologiyalar kengayib borayotgan bo‘lsa-da, ayrim hisobot ko‘rsatkichlarining turli axborot tizimlarida takroran shakllantirilishi, ma’lumotlarni qo‘lda solishtirish va konsolidatsiya qilish, izohli axborotning cheklanganligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.