Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 7–10-betlar

XORIJIY DAVLATLARDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNING ZAMONAVIY MODELLARI VA ULARNI O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Xolmuxamedova, Mehriyo

DOI: 10.5281/zenodo.21872462 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bugungi globallashuv sharoitida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish barcha mamlakatlar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishi davlatlardan transport, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ichimlik suvi va kommunal xizmatlar kabi strategik sohalarga katta miqdorda investitsiyalar yo‘naltirishni talab etmoqda. Biroq ko‘plab davlatlarda budjet imkoniyatlari barcha ehtiyojlarni to‘liq qoplash uchun yetarli emas. Shu sababli davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy boshqaruv tajribalaridan foydalanish zarurati tobora ortib bormoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.