Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 17–19-betlar
YASHIL OBLIGATSIYALAR BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI
Abdullayev, Behzod
DOI: 10.5281/zenodo.21872621 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
So‘nggi yillarda dunyo iqtisodiyotida barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga keng joriy etish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va ekologik muammolarni hal etish masalalari xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Ushbu maqsadlarga erishishda yashil moliyalashtirish instrumentlari muhim o‘rin egallaydi. Xususan, yashil obligatsiyalar ekologik jihatdan barqaror loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan uzoq muddatli moliyaviy resurslarning samarali manbai sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur moliyaviy instrument orqali jalb etilgan mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, ekologik transport tizimini takomillashtirish, suv resurslarini tejash, chiqindilarni qayta ishlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Natijada iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda ekologik barqarorlik ham ta’minlanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.