Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 44–46-betlar
MILLIY XOSLANGAN LEKSIK BIRLIKLARNI SEMANTIK TEGLASH TAMOYILLARI
Yorkulov, Zafarjon
DOI: 10.5281/zenodo.21913490 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Milliy xoslangan lisoniy birliklar muayyan xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati, urf-odatlari, an’analari, ijtimoiy munosabatlari hamda milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi til birliklaridir. Ularning semantik ko’lami umumxalq leksikasidan farqli ravishda muayyan etnomadaniy muhit bilan shartlanadi. Ushbu birliklarni semantik tasniflashda lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda, tarkibidagi milliy-madaniy sema, nominatsiya qilinayotgan predmet yoki hodisaning xalq hayotidagi o‘rni va qo‘llanish konteksti ham hisobga olinadi. Ma’no tasnifi milliy-madaniy mazmunni ochib berish hamda korpusda maxsus teglar yordamida annotatsiyalash uchun muhim nazariy va amaliy asos vazifasini bajaradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.