Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 51–54-betlar

INGLIZ TOPISHMOQLARIDA FONETIK STILISTIK VOSITALAR

Safayeva, Ma’mura

DOI: 10.5281/zenodo.21918825 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada I.R. Galperin tasnifi asosida ingliz xalq topishmoqlarida qo‘llaniladigan fonetik stilistik vositalar tadqiq etilgan. Maqolada tovushga taqlid (bevosita va bilvosita), qofiya (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan), ritm hamda alliteratsiya kabi vositalarning topishmoqlar strukturaviy va semantik tashkil etilishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tahlillar ingliz topishmoqlarida fonetik obrazlilik, parallel sintaktik tuzilmalar va ritmik naqshlar mantiqiy yechimni topishga yo‘naltiruvchi vosita sifatida xizmat qilishini hamda janrning lingvomadaniy xususiyatlarini aks ettirishini asoslaydi.

Ingliz topishmoqlari, stilistika, fonetik stilistik vositalar, tovushga taqlid, qofiya, ritm, alliteratsiya, lingvomadaniyatshunoslik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.