Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 61–62-betlar

NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGINING TURLI KLINIK SHAKLLARIDA QON ZARDOBIDAGI SERAMID DARAJASINING QIYOSIY TAHLILI

Nasirdinov, Murodjon, Salohiddinov, Zuhriddin

DOI: 10.5281/zenodo.21973352 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Noalkogol jigar yog'li kasalligi (NJYK) jahon aholisining taxminan chorak qismini qamrab olgan surunkali gepatologik patologiya bo'lib, Markaziy Osiyo mintaqasi uning eng tez tarqalayotgan hududlaridan biri hisoblanadi. Kasallikning uzoq muddat klinik belgilarsiz kechishi va tashxis ko'pincha fibroz shakllangan bosqichda qo'yilishi erta aniqlash muammosini birinchi darajali vazifaga aylantiradi. So'nggi yillarda NJYK patogenezida sfingolipidlar sinfiga mansub bioaktiv lipid — seramidning gepatotsitlarda lipid to'planishi, insulin qarshiligi va apoptoz jarayonlaridagi ishtiroki faol o'rganilmoqda, ammo uning kasallikning turli klinik shakllaridagi o'zgarish darajasi yetarlicha aniqlanmagan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.