Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 92–95-betlar

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI BANK-MOLIYA MEXANIZMLARI ORQALI QO‘LLAB-QUVVATLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ergashev, Asilbek

DOI: 10.70413/zdaf-v05-i16-p1-072 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, ichki bozorda raqobatni rivojlantirish hamda yangi tovar va xizmatlarni yaratishda muhim o‘rin egallaydi. Kichik biznes sub’yektlarining yirik korxonalarga nisbatan bozor sharoitlariga tez moslashishi ularning iqtisodiy faollikni ta’minlashdagi ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq kichik biznesning barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan yetarli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga bog‘liq. Shu sababli tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb iqtisodiy masalalaridan hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.