Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 104–110-betlar
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O‘ZBEKISTON FAKTORING BOZORINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Xudayberdiyeva, Adolat
DOI: 10.70413/zdaf-v05-i16-p1-084 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston moliya-bank tizimida muqobil moliyalashtirish vositasi hisoblangan faktoring bozorini innovatsion rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi milliy faktoring bozorining hozirgi holatini tizimli tahlil qilish orqali undagi institutsional muammolarni aniqlash va bozorni raqamli texnologiyalar asosida transformatsiya qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat. Maqolaning iqtisodiy ahamiyati kichik va o‘rta biznes subyektlarining debitorlik qarzdorliklarini kamaytirish hamda ularning aylanma mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish mexanizmlarini ko‘rsatib berishida namoyon bo‘ladi. Muallif an’anaviy bank xizmatlarini raqamli shaklga o‘tkazishga nisbatan innovatsion ekotizim prizmasi orqali yondashgan. Maqolaning ilmiy yangiligi sifatida soliq billing tizimi, Markaziy bank ma’lumotlar bazasi va tijorat banklarini o‘zaro API texnologiyalari orqali bog‘lovchi «Yagona milliy elektron faktoring platformasi» modeli konseptual jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida faktoring operatsiyalarida blokcheyn texnologiyalariga asoslangan smart-kontraktlar va sun’iy intellekt skoringini joriy etish, shuningdek, fintex startaplar uchun litsenziyalash talablarini soddalashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
Raqamli iqtisodiyot, faktoring bozori, elektron faktoring (E-factoring), debitorlik qarzdorligi, API integratsiyasi, smart-kontrakt, sun’iy intellekt, fintex (FinTech), skoring modellari, tartibga solish qumloqxonasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.