Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 111–113-betlar
SOLIQ IMTIYOZLARINI OPTIMALLASHTIRISH VA ULARNING FISKAL BARQARORLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH
Turdiyeva, Rushana
DOI: 10.70413/zdaf-v05-i16-p1-087 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Zamonaviy davlat moliyasi nazariyasida soliq imtiyozlari “soliq xarajatlari” sifatida ham talqin qilinadi. Bunda davlat muayyan faoliyatni bevosita budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish o‘rniga soliq majburiyatini kamaytirish orqali bilvosita qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli soliq imtiyozlari ham davlat xarajatlariga o‘xshash tarzda fiskal resurslarning taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadqiqotlarida soliq xarajatlarini hisobga olish va hisobotlarda aks ettirish fiskal boshqaruvning muhim elementi sifatida baholanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda ma’lumotlar va institutsional imkoniyatlarning cheklanganligi soliq xarajatlarini to‘liq hisoblashni murakkablashtirishi qayd etiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.