Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 123–125-betlar

O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI BANKLAR TOMONIDAN MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI (“O‘ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)

G‘ulomjonov, Akmaljon

DOI: 10.70413/zdaf-v5-i16-56533 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodiyotining bandlik, daromadlar shakllanishi va hududiy iqtisodiy faollikni ta’minlovchi muhim bo‘g‘inidir. Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yilda yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,2 foizni, jami bandlikdagi ulushi esa 74,9 foizni tashkil etdi. Shu davrda kichik biznes sanoat ishlab chiqarishining 34,9 foizini, xizmatlar hajmining 56,7 foizini va chakana savdo aylanmasining 83,0 foizini shakllantirdi. Mazkur ko‘rsatkichlar kichik biznesni barqaror va samarali bank moliyalashtirishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va aholi bandligi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.