Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 126–132-betlar

TRANSPORT VOSITALARINING RAQAMLI MUHITIDA EKSTREMISTIK KONTENT TARQALISHIGA QARSHI KURASHISHNING MA’MURIY-HUQUQIY MUAMMOLARI

Xomidov, Tursinali

DOI: 10.70413/zdaf-v5-i16-56581 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy transport vositalarining mustaqil axborot muhitiga aylanishi sharoitida bort Wi-Fi tarmoqlari, axborot ekranlari va multimedia tizimlari orqali ekstremistik kontent tarqalishiga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy muammolari tadqiq etilgan. Bort tarmog‘i orqali tarqatilayotgan axborotga provayder darajasidagi an’anaviy bloklash choralari yetib bormasligi bilan bog‘liq tub muammo ochib berilgan. Transport vositalarining texnik jihozlanishi bilan protsessual tartibga solish o‘rtasidagi tafovut tahlil qilinib, elektron ma’lumotlarni saqlab qolish to‘g‘risidagi talabnoma instituti (291³-modda), elektron dalillarni xesh-summa orqali qayd etish tartibi hamda umumiy foydalanishdagi simsiz internet tarmoqlarini taqdim etuvchi shaxslarga taqiqlangan manbalarga kirishni cheklash majburiyatini yuklash yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Sun’iy intellektga asoslangan monitoring tizimlarining ma’muriy-huquqiy asoslari va shaxsiy ma’lumotlar himoyasi kafolatlari asoslangan.

raqamli muhit, bort Wi-Fi tarmog‘i, ekstremistik kontent, elektron dalillar, xesh-summa, videokuzatuv, ma’lumotlarni saqlab qolish, kontentni bloklash, sun’iy intellekt, shaxsga doir ma’lumotlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.