Центральноазиатский журнал образования и инноваций 2-jild vation-son (2023) · 179–182-betlar
ITTERBIY KIRISHMASI KREMNIY HAJMIDA HOSIL QILADIGAN NANOO’LCHAMLI NUQSONLI MARKAZLARNING KUYISH KINETIKASI
Jabborov, Ulugʻbek, Axmadov, Majidjon
DOI: 10.5281/zenodo.8434393 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Issiqlik ta’sirlarida barqaror va turli radiatsiyaga chidamli yangi yarimо‘tkazgich materiallar izlash bilan bog‘liq holda keyingi vaqtda kremniyda Yerda kam tarqalgan –nodir yer elementlarni (NEE) holatini о‘rganishga qiziqish ancha oshdi. Dunyoda bugungi kunda monokristalli kremniyda nuqson hosil boʼlish jarayonlarini oʼrganish, xususan, quyidagi sohalarda ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish muhim vazifa hisoblanadi: qiyin eruvchi elementlar (QEE) kirishmalari bilan legirlangan kremniyga turli omillar taʼsirida nuqsonlar markazi shakllanishini tadqiq qilish; texnologik kirishma-larning qiyin eruvchi kirishmali kremniyda chuqur markazlar hosil boʼlish mexanizmlariga taʼsirini oʼrganish.
Elektronika va mikroelektronikaning asosiy materiali bо‘lgan kremniy yarimо‘tkazgichi asosida tayyorlanadigan turli asbob va qurilmalarda strukturalarni tayyorlashda xosil bо‘ladigan nuqsonlarning tabiatini, turlarini va turli jarayonlarda о‘zgarishini bilish zarur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.