Центральноазиатский журнал образования и инноваций 2-jild vation-son (2023) · 101–104-betlar
MAMLAKATIMIZ HUDUDIDA QADIMGI DAVR NOMODDIY MADANIY MEROSI ‒ AN’ANA, MAROSIM, QADRIYATLARNING VUJUDGA KELISHI
Qosimjonova, Nodirabegim
DOI: 10.5281/zenodo.8162106 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada yurtimiz hududidagi madaniyat hamda nomoddiy madaniy meros uchqunlarining paydo bo‘lishi va ularning sabablari xususida so‘z boradi. Nomoddiy madaniy meros ‒ insonning, xalqning, millatning o‘zligi demakdir. Persepol saroyidagi tosh qabrlarga bitilgan rasmlar, Naqshi Rustam darasidagi shoh Doro qabriga bitilgan bezakli tasvirlar, “Avesto”, qadimgi yunon, rim va xitoy mualliflarining asarlarida hozirgi markaziy osiyoliklarning moddiy va ma’naviy madaniyati haqidagi muayyan ma’lumotlar berilgan. Hozirgi o‘zbek xalqining qadimgi davr madaniyati Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda ravnaq topgan. Eramizdan avvalgi III asrdan to Kushonlar davrigacha bo‘lgan uzoq davr davomida qadimgi Baqtriya madaniyatining rivoji bevosita ellinistik madaniyat ta’siri ostida tadrijiy ravishda rivojlangan. Shu boisdan ham Baqtriyada ellinistik san’at namunalari yetuk darajaga ko‘tarilgan.
Persepol saroyi, «Avesto», Antik davr, diniy dunyoqarash, Kushonlar davri, Ioniy va Korinf uslublari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.