Центральноазиатский журнал образования и инноваций 3-jild vation-son (2024) · 115–121-betlar
YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDA CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI
Jumaniyazov, Feruzbek
DOI: 10.5281/zenodo.14005833 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Globallashuv jarayonida har birimizning onggimizga “Yashil” iqtisodiyot tushunchasi kirib keldi. Uning inson va tabiat o’rtasida munosabatlarni saqlash va rivojlantirishni o'z ichiga olgan iqtisodiy fanning yo'nalishi, atmosferaga xavf tug'dirmasdan odamlarning farovonligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish usuli sifatida tan olindi. “Yashil” iqtisodiyot tizimining yo'nalishlari quyidagilardan iborat[1]: 1) qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish; 2) chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish; 3) suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish; 4) “toza” transportni rivojlantirish; 5) qishloq xo'jaligida organik dehqonchilik; 6) uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida energiya samaradorligi; 7) ekotizimlarni saqlash va samarali boshqarish. Ushbu maqolada “yashil” iqtisodiyotning muhim komponenti hisoblangan chiqdindilarni boshqarish tizimi va ulardan samarali foydalanish muammolari tadqiq qilingan.
Yashil iqtisodiyot, Aylanma iqtisodiyot, Chiqindilarni boshqarish iqtisodiyoti, qattiq chiqindi, yumshoq chiqindi, resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.