Центральноазиатский журнал образования и инноваций 3-jild vation-son (2024) · 131–138-betlar
YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG” ASARIDA ZOONIM ASOSIDAGI KOʻCHIMLAR TAHLILI
Odilova, Dilobar, Rahmonova, Zamira
DOI: 10.5281/zenodo.10653795 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Hozirgi kunda qadimgi yozma yodgorliklar, mumtoz manbalarni oʻrganishda, ularni tahlil qilishda bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Olimlar mumtoz asarlarda yashiringan sir-u sinoatlarni yechish orqali tilimizning yanada ravnaq topishiga, soʻz boyligining rivojiga oʻzlarining katta hissalarini qoʻshib kelmoqda. Ana shunday lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilishga arzigulik asarlardan biri, shubhasiz, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” dostonidir. Asarda muallif metafora va metonimiya hodisasini ishtirokidagi zoonimlardan unumli foydalangan. Bu esa asarning badiiy ifodasini oshirishga, fikrni aniq ifodalashga, adibning soʻz qoʻllashdagi mahoratini aks ettirishga xizmat qilgan. Ushbu maqolada zoonim asosidagi koʻchimlar xususida soʻz yuritiladi hamda asarda keltirilgan hayvonlar asosidagi metafora va metonimiya hodisalari tahlilga tortiladi.
adib mahorati, koʻchma ma’no, metafora, metonimiya, obrazlilik, tafakkur, zoonimlar, oʻxshashlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.