Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 14–18-betlar
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA XIZMAT TEKSHIRUVLARINI O‘TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Qushboqov, Shohrux, Mirzayorov, Bexruzbek
DOI: 10.5281/zenodo.17305444 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ichki ishlar organlarida xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishni takomillashtirish borasida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasining o‘rni zamonaviy davlat boshqaruvi va xavfsizlik tizimining samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi, chunki bu mexanizm nafaqat organlar ichidagi faoliyatni nazorat qilish, balki korrupsiyaning oldini olish, xodimlar mas’uliyatini kuchaytirish va aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ichki ishlar organlari reformalari doirasida 2025 yilda xizmat tekshiruvlari tizimini yangilash borasida bir qator choralar kuzatilayotgan bo‘lib, masalan, PQ-10-son Prezidenti qaroriga muvofiq, organlarni xalqchil va professional tuzilmaga aylantirish, kadrlar tanlash tartibini soddalashtirish va "E-nomzod" elektron tizimini joriy etish orqali xizmat intizomi va sifatini oshirish kuzatilayotgan [1]. Biroq, bu jarayonni tezlashtirish va global standartlarga moslashtirish uchun ilg‘or xorijiy davlatlar – AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Singapur tajribasidan foydalanish zarur, chunki ularda xizmat tekshiruvlari tizimi raqamli texnologiyalar, mustaqil nazorat va jamoatchilikni jalb etish asosida yuqori samaradorlikka erishgan.
AQSHda ichki ishlar tekshiruvlari (internal affairs audits) COPS (Community Oriented Policing Services) dasturi doirasida amalga oshiriladi,
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.