Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 69–72-betlar

GRAMMATIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI METODLARNING O‘RNI

Aytimbetova, Dilbar

DOI: 10.5281/zenodo.17394143 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tili ta’limida grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida o‘yinli metodlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — grammatik bilimlarni o‘quvchilarga qiziqarli va faol ishtirok asosida yetkazish, ularning nutqiy va grammatik kompetensiyasini rivojlantirishdir. Tadqiqot jarayonida umumta’lim maktabining 3–4-sinfida tahsil olayotgan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tajriba davomida “Grammatik domino”, “So‘z zanjiri”, “Top va javob ber”, “Kim chaqqon?” kabi interfaol va o‘yinli topshiriqlar qo‘llanildi. Natijada tajriba guruhi o‘quvchilarining grammatik qoida va shakllarni anglash, ularni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash ko‘rsatkichlari an’anaviy metod bilan taqqoslaganda sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Tadqiqot grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yinli metodlar motivatsiyani kuchaytirishi, faol ishtirokni ta’minlashi va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar o‘zbek tili ta’limida interfaol metodlarni keng joriy etish zarurligini asoslaydi.

grammatik ko‘nikma, o‘yinli metodlar, interfaol ta’lim, motivatsiya, boshlang‘ich sinf, ona tili, ta’lim samaradorligi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.