Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 28–32-betlar
QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA BOSH MIYANING VENOZ DISSIRKULYATSIYASI.
Komiljonova, Oygul
DOI: 10.5281/zenodo.15017704 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Qandli diabet (QD) eng keng tarqalgan endokrin kasalliklardan biri hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasida ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlar soni taxminan 8 million kishini tashkil etadi, har 12-15 yilda ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga ortib bormoqda. QD ning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati bemorlarning hayot sifatining keskin pasayishi, erta nogironlik va yurak-qon tomir asoratlari natijasida yuqori o‘lim ko‘rsatkichi bilan bog‘liq. Tadqiqotlarga ko‘ra, QD bilan og‘rigan erkak bemorlarda to‘satdan o‘lim xavfi 50 %, ayollarda esa 300 % ga oshgan. Statistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2-tip QD bilan og‘rigan bemorlarning 10 % dan ortig‘i miya qon aylanishining buzilishi tufayli vafot etadi. Qandli diabet barcha yosh guruhlarida aterotrombotik miya infarkti rivojlanishining mustaqil xavf omili sifatida tasdiqlangan.
doplerografiya, dissirkulyatsiya, 1-tip qandli diabet(QD), 2-tip qandli diabet, glikirlangan gemoglobin, arterial gipertenziya (AG), venotonik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.