Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 113–116-betlar

TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI TALABALARIDA TEXNIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISH TO’G’RISIDA

Yusupova, Feruza

DOI: 10.5281/zenodo.15089000 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Oliy ta’lim oldida, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni modernizatsiyalashning muhim vazifalaridan biri sifatida ta’lim ti zimini isloh qilish, modernizatsiyalash va bo‘lajak mutaxasislarni innovatsion va texnik-texnologik yondashuv vositasida tarbiyalash, xorijiy tajribalarni va sohaning so‘nggi yutuqlarini o‘rganish, qo‘llash va takomillashtirishga hissa qo‘shish kabi dolzarb va keng qamrovli muammolar yechimi turibdi. Bu vazifalar parametrlari va ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarida maqsadga muvofiqlik mezonlarini, ayniqsa, yangi g‘oyalarni tashuvchilar va ularning kelajakdagi ijrochilarini shakllantiradigan “ta’lim-innovatsiya” tizimini yaratish, ishlab chiqarish jarayonida innovatsion va nostandart yechimlarni topa oladigan mutaxasislarni tayyorlash orqali hal qilinadi. Innovatsion ta’lim tizimining eng muhim jihatlaridan biri uning bosqichlari o‘rtasidagi hamda fanlararo integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Shuning uchun ham ta’limning turli bosqichlarida integratsiya, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash metodikasini ishlab chiqish masalasi har doim ta’lim tizimining dolzarb muammolaridan hisoblangan

Kompetensiyalarni shakllantirish nuqtai nazaridan fanlararo integratsiya kelajakdagi mutaxassisning o‘zini-o‘zi rivojlantirishning mantiqiy asosiga aylanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.