Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 77–84-betlar

ISTANBULDA FAOLIYAT YURITGAN OʻZBEK TAKIYALARI: TARIXIY, MADANIY VA MAʼNAVIY AHAMIYATI.

Bebitov, Maqsud

DOI: 10.5281/zenodo.15240397 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola Istanbul shahrida faoliyat yuritgan Oʻzbek takiyalarining tarixiy, madaniy va maʼnaviy ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda Naqshbandiyya tariqati asosida tashkil etilgan takiyalarning Turkiston va Usmonli imperiyasi oʻrtasidagi aloqalardagi roli, ularning ilm, madaniyat va maʼnaviyat sohasidagi hissasi tahlil qilingan. Maqolada Ayup, Uskudar va Sultontepe kabi joylarda joylashgan Oʻzbek takiyalarining faoliyati, ularning haj ziyoratchilari uchun toʻxtash joyi va ilm markazi sifatidagi ahamiyati koʻrsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, bu takiyalar nafaqat diniy va maʼnaviy markazlar, balki madaniy va ilmiy almashinuv markazlari sifatida ham faoliyat yuritgan. Takiyalarning yopilishi (1925-yil) bilan ularning faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa-da, ularning madaniy va maʼnaviy merosi hozirgi kungacha saqlanib qolmoqda.

Oʻrta asrlarda Islom madaniyatining muhim tarkibiy qismi boʻlgan takiyalar, diniy, maʼnaviy, ilmiy va madaniy faoliyat markazlari sifatida jamiyatga katta taʼsir koʻrsatgan. Ushbu tadqiqot Istanbul shahrida faoliyat yuritgan Oʻzbek takiyalarining tarixiy, madaniy va maʼnaviy ahamiyatini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi, bu takiyalarning Usmonli imperiyasi va Oʻzbek xonliklari oʻrtasidagi aloqalardagi rolini aniqlash va ularning madaniy merosini tahlil qilishdir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.